Abdulaziz Komilov Antoniu Guterresh bilan uchrashadi

Siyosat 15.01.2018, 15:14
Abdulaziz Komilov Antoniu Guterresh bilan uchrashadi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya 14-21 yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi.

O`zbekiston delegasiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida BMT Xavfsizlik Kengashining "Ommaviy qirg`in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari" nomli tadbirida va vazirlar darajasidagi "Xavfsizlik va taraqqiyotning o`zaro bog`liq modeli sifatida Afg`oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo`lga qo`yish" mavzusida ochiq munozaralarda ishtirok etadi hamda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va xorijiy davlatlarning bir qator tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlar o`tkazadi.

Shuningdek, tashrif dasturida Vashington shahrida O`zbekiston-AQSh muzokaralarini o`tkazish ham nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1