O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga bo`shatish to`g`risida
«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
1. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo`lmagan O`zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2018 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin.
Muddatli harbiy xizmatni o`tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo`lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.
2. Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o`tab bo`lgan harbiy xizmatchilar 2018 yilning fevral-aprel oylarida O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo`shatilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYoEV
Toshkent shahri,
2018 yil 13 yanvar






