1

2-guruh nogironlariga qanday imtiyozlar bor?

Savol-javob 16.01.2018, 10:05
2-guruh nogironlariga qanday imtiyozlar bor?

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalining ma`lumotiga ko`ra:

1. I va II guruh nogironlari mol-mulk, er, har bir oy uchun eng kam ish haqining to`rt baravari miqdoridagi daromadlar bo`yicha daromad solig`idan ozod qilingan.

2. Qonunchilikda shuningdek, nogironligi bo`lgan shaxslarni ish bilan ta`minlashga oid normalar ham mavjud.

Unga ko`ra xodimlar soni yigirma kishidan ortiq bo`lgan korxonalar va tashkilotlarda xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam soni tegishli hokimlik qaroriga asosan nogironligi bo`lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun zaxirada ushlab turiladi.

3. Nogironligi bo`lgan shaxslar protez-ortopediya buyumlari, reabilitasiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan bepul ta`minlanish huquqiga ega bo`lgan imtiyozli shaxslar ro`yxatiga kiritilgan.

Muhtoj nogironlar reabilitasiya texnik vositalarini o`z mablag`lari hisobiga sotib olgan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensasiya to`lanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1