2017 yilda o`rtacha oylik ish haqi 1,5 mln so`mni tashkil etdi

Iqtisodiyot 16.01.2018, 14:48
2017 yilda o`rtacha oylik ish haqi 1,5 mln so`mni tashkil etdi

2017 yil yanvar-dekabr oylarida O`zbekiston Respublikasida o`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 453,2 ming so`mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag`batlantirish xususiyatiga ega to`lovlar, kompensasiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to`lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig`i, ijtimoiy sug`urta va kasaba uyushmasiga to`lovlar ham mavjud) tashkil qildi. Bu 2016 yilning mos davriga nisbatan 12,3 % ga o`sgan, deb xabar qiladi Davlat statistika qo`mitasi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha o`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi eng yuqori moliyaviy va sug`urta faoliyatida 2 694,1 ming so`mni (respublikadagi o`rtacha oylik ish haqiga nisbatan 85,4 % ga ko`p), axborot va aloqada 2 498,5 ming so`mni (71,9 %), sanoatda 2 091,7 ming so`mni (43,9 %), tashish va saqlashda 1 945,8 ming so`mni (33,9 %), qurilishda 1 808,4 ming so`mni (24,4 %) tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha 2016 yilga nisbatan o`rtacha oylik ish haqining yuqori o`sish sur`atlari moliyaviy va sug`urta faoliyatida (25,9 %), axborot va aloqada (22,3 %), yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlarda (13,3 %) kuzatildi.

O`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko`rsatkichini respublika hududlari bo`yicha ko`radigan bo`lsak, ya`ni o`rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 1 986,5 ming so`mni (respublikadagi o`rtacha oylik ish haqiga nisbatan 136,7 %), Navoiy viloyatida 1 926,5 ming so`mni (132,6 %) va Toshkent viloyatida 1 559,7 ming so`mni (107,3 %) tashkil etgan bo`lsa, Namangan viloyatida 1 140,5 ming so`mni (78,5 %), Samarqand viloyatida 1 157,3 ming so`mni (79,6 %) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo`lmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha xodimlar soni va ularga hisoblangan ish haqi fondining salmoqli hissasi: - ta`limda 19 034 ta muassasada 982,1 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 38,1 %ni) xodimlar ishlagan bo`lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 13 671,6 mlrd. so`mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 30,4 %ni); - sanoatda 619 ta korxonada 479,6 ming nafar (18,6 %ni) xodimlar ishlagan bo`lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 12 038,4 mlrd. so`mni (26,7 %ni); - sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatishda 1 420 ta muassasada 420,4 ming nafar (16,3 %ni) xodimlar ishlagan bo`lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 4 948,2 mlrd. so`mni (11,0 %ni) tashkil etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1