1

Android viruslardan himoya tizimini kuchaytiradi

Hi-tech 14.04.2014, 13:23
Android viruslardan himoya tizimini kuchaytiradi

Google kompaniyasi Android’ga bir qancha o`zgartirishlar kiritadi.

Ushbu o`zgarishlar begona manbalardan ilovalar yuklayotgan foydalanuvchilarga xavfsizlikni ta`minlab beradi. Operasion tizim vaqti-vaqti bilan o`rnatilgan dasturning ishonchliligini tekshirib turadi.

Hozirgi kunda Android’dagi Google xizmati ilovani faqatgina o`rnatilayotgan vaqtida tekshiradi. Ammo, ayrim zararli dasturlar o`zlarining yomon tomonlarini bir muncha vaqt o`tgach ko`rsatadi. Shu sababli kompaniya kelajakda ilovalarni o`rnatish vaqtida ham keyinchalik ham zararsiz ekanligini tekshirib turishga va`da berdi.  

Hozirgi kunga kelib, ilovalarni tekshirish funksiyasi foydalanuvchilar tomonidan 4 milliard marotaba ishlatildi. Google’ning qayd etishicha, ushbu amaliyot juda ham foydali bo`lib, statistikaga ko`ra, foydalanuvchilarning 0,18 foizigina ilovaning xavfli ekanligi haqidagi ogohlantirishdan so`ng uni davom ettirgan. 

Android eng ko`p kiberhujumlarga duchor bo`ladigan mobil platforma hisoblanadi. Statistikaga ko`ra, viruslarning 99,99 foizi begona manbalar orqali o`rnatilgan ilovalardan o`tadi. Qolgan 0,01 foiz viruslar esa Google Play do`koniga zararsiz ilova ko`rinishida kirib qoladi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1