1

Shavkat Mirziyoev raisligida navbatdagi yig`ilish bo`lib o`tadi

Siyosat 17.01.2018, 12:41
Shavkat Mirziyoev raisligida navbatdagi yig`ilish bo`lib o`tadi

Bugun, 17 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tadi. Bu haqda «KUN.UZ» sayti xabar tarqatdi.

Yig`ilish O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va tavalludining 80 yilligini nishonlashga bag`ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ishlari holati va amalga oshirilayotgan choralar bo`yicha o`tkaziladi.

Xabarda qayd etilishicha, videoselektor yig`ilishida barcha viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlari, ularning o`rinbosarlari, Ichki ishlar, Moliya, Iqtisodiyot, Madaniyat, Xalq ta`limi, Maktabgacha ta`lim vazirliklari mas`ul shaxslari, Sog`liqni saqlash vazirligi mutasaddilari, tibbiyot birlashmalari boshliqlari, tuman (shahar)lar bosh arxitektorlari, Yoshlar ittifoqining, «Ma`naviyat va ma`rifat» markazi, «Mahalla», «Nuroniy» jamg`armalarining viloyat, tuman, shahar bo`limi raislari, OAV rahbarlari hamda imom-xatiblar, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari, umumta`lim maktablari direktorlari, maktabgacha ta`lim muassasalari mudiralari qatnashadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1