YHXX haydovchidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishga haqlimi?

Savol-javob 17.01.2018, 14:23
YHXX haydovchidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishga haqlimi?

Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimi haydovchidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga haqlimi?

Alisher Kimsanov, Qashqadaryo viloyati.


— Mexanik transport vositasining haydovchisi quyidagilarni yonida olib yurishi va Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari talab qilganda tekshirish uchun taqdim etishi shart:

  • haydovchilik guvohnomasi va uning talonini yoki transport vositasini vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talonni, haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda olib qo`yilgan bo`lsa, uning talonini, haydovchilik guvohnomasi va uning taloni olib qo`yilgan hollarda vaqtinchalik ruxsatnomani;
  • vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talon yoki vaqtinchalik ruxsatnoma bilan transport vositasini boshqarishda haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni;
  • transport vositasi yoki tirkamani qayd qilish guvohnomasini, transport vositasining egasi bo`lmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini yoki tasarruf etish huquqini beruvchi, egalik qilishga va foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni;
  • transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha sug`urta polisini;
  • qonunchilikda ko`zda tutilgan hollarda yo`l varaqasi va tashilayotgan yukning hujjatlarini (Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son Qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l-hrakati Qoidalari”ning 7-bandi).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1