1

1 fevraldan oziq-ovqat mahsulotlari importi bo`yicha imtiyozlar bekor qilinadi

Iqtisodiyot 17.01.2018, 14:55
1 fevraldan oziq-ovqat mahsulotlari importi bo`yicha imtiyozlar bekor qilinadi

2018 yil 1 fevraldan boshlab O`zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import qilish bo`yicha ayrim xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar bekor qilinadi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 16 yanvar kuni imzolangan “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida keltirilmoqda.

Endilikda respublikaga oziq-ovqat tovarlarini kiritish bo`yicha ayrim xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar taqdim etish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarining qabul qilinishi taqiqlandi.

Kimki ushbu talablarga bo`ysunmasa, jinoiy javobgarlikkacha bo`lgan javobgarlikka tortilishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1