Yaponiyada dunyodagi eng katta tezlikka ega lift taqdim etildi

Hi-tech 22.04.2014, 10:42
Yaponiyada dunyodagi eng katta tezlikka ega lift taqdim etildi

Yaponiyaning elektrotexnika ishlab chiqaruvchi, yirik Hitachi Ltd kompaniyasi 21 aprel kuni dunyodagi eng katta tezlikka ega liftni taqdim etdi.  

Ushbu lift 72 km/soat tezligida harakat qila oladi. Yaponiyaning NHK telekanali xabar qilishicha, lift 1 dan 95 qavatga 43 soniyada ko`tarila oladi.

Bunga qadar dunyodagi eng tez lift 60,6 km/soat tezligida harakat qila oladigan Tayvan lifti hisoblanar edi. Hitachi kompaniyasi mutaxassislarining so`zlariga ko`ra, ushbu tezlikka ular kuchli dvigatel va engil troslar orqali erishishgan.

Ushbu yangi liftlar keyingi yildan Xitoyning Guanjou shahrida qo`rilayotgan balandligi 530 metr bo`lgan, 111 qavatli binoda ishlatiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1