Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyida 589 647 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqqan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,2 ming nafarga yoki 6,9 foizga oshgan.
Hisobotga ko‘ra, eng ko‘p safar Qirg‘iziston Respublikasiga amalga oshirilgan — 232 174 nafar. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (98 659 nafar), Qozog‘iston (88 012 nafar) va Saudiya Arabistoni (62 655 nafar) qayd etilgan.
Shuningdek, o‘zbekistonliklar Rossiya, Turkiya, BAA, Tailand, Xitoy va Misr davlatlariga ham faol safar qilgan.






