AsosiyBu qiziq

AQShning 13 shtati Trump maʼmuriyatini sudga berdi

“Yashil” energiya loyihalari uchun ajratilgan grantlarning bekor qilinishi ortidan bir qator shtatlar Oq uy qarorini noqonuniy deb baholab, sudga murojaat qildi.

'AQShning 13 shtati Trump maʼmuriyatini sudga berdi'ning rasmi

AQShning 13 shtati Donald Trump ma’muriyatiga qarshi da’vo arizasi kiritdi. Bunga “yashil” energiya loyihalari uchun ajratilgan 1,2 milliard dollarlik grantlarning bekor qilinishi sabab bo‘lgan.

Da’vo Kaliforniya, Kolorado, Vashington, Konnektikut, Illinoys, Merilend, Massachusets, Nyu-Jersi, Nyu-York, Oregon, Rod-Aylend, Vermont va Viskonsin shtatlari tomonidan kiritilgan. Kaliforniya gubernatori Gavin Newsom mazkur qarorni “noqonuniy” deb atab, bu 200 mingdan ortiq ish o‘rniga xavf solishi va milliardlab dollarlik iqtisodiy samarani yo‘qqa chiqarishini ta’kidladi.

Da’vogarlar fikricha, Kongress tomonidan ma’qullangan mablag‘larni bekor qilish mamlakat Konstitutsiyasiga zid hisoblanadi. Avvalroq AQSh sudi ham “yashil” energiya loyihalari uchun ajratilgan bir necha milliard dollarlik grantlarni bekor qilish qarorini qonunga xilof deb topgan edi.

    Boshqa yangiliklar