AsosiyBu qiziq

Eron valyutasi rekord darajada quyadi

Eron milliy valyutasi rial erkin bozorda o‘z tarixidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

'Eron valyutasi rekord darajada quyadi'ning rasmi

19 fevral holatiga ko‘ra, 1 AQSh dollari 1,63 million rialdan oshib ketgan.

The Economic Times xabariga ko‘ra, Alanchand va Bonbast platformalari ma’lumotlarida Tehranda dollar kursi 1 637 000 – 1 646 500 rial oralig‘ida baholangan. Bu rial uchun rekord darajadagi pasayish hisoblanadi.

Ayni paytda Eron Markaziy banki belgilagan rasmiy kurs ancha past — taxminan 1,28–1,29 million rial. Bu esa rasmiy va erkin bozor kurslari o‘rtasida katta tafovut mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar inflyatsiya yillik 50–60 foizga yetganini ta’kidlamoqda. Natijada oziq-ovqat, yoqilg‘i, dori-darmon va import tovarlari narhi keskin oshgan, aholining xarid qobiliyati esa sezilarli darajada pasaygan.

Tahlilchilar vaziyatni sanksiyalar, iqtisodiy boshqaruvdagi muammolar va siyosiy keskinlik bilan bog‘lamoqda. So‘nggi oylarda rial qadrsizlanishi tezlashgani qayd etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar