1

Toshkent viloyatida Beeline yangi baza stansiyalari o`rnatildi

Hi-tech 23.04.2014, 16:08
Toshkent viloyatida Beeline yangi baza stansiyalari o`rnatildi

Beeline aloqa operatori Toshkent viloyati hududida hajm va tarmoqning doira qoplamasini kengaygani haqida xabar beradi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning Toshkent hududiy filiali direktori Dmitriy Resh shunday dedi: “2014 yilda Beeline tarmog`ini rivojlantirish bo`yicha Toshkent filiali birinchi darajali ahamiyatga ega bo`lgan yo`nalishlardan biridir. Bu avvalam bor aloqa kanallarining ko`payishi va o`nlab 3G baza stansiyalarining o`rnatilishiga taaluqlidir. Kun sayin mobil internetning ommabopligi o`sib bormoqda, va xizmatlar sifatining o`sishi – nafaqat muvaffaqiyat garovi, balki mijozlarning ishonchini oqlash uchun yaxshi usuldir”.

Xizmat ko`rsatishning darajasi o`sishi bilan bir qatorda yangi uskunalar tufayli Beeline tarmog`ining hajmi sezilarli kengaydi. Qo`shimcha quvvatlar o`rnatilishi natijasida Toshket viloyatining Bekabod tumanida signal sifati o`sdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1