Toshkent va Kiev hamkorlikda cho`chqa va qoramol etishtirish bilan shug`ullanishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi "Jahon" axborot agentligi.
Fevral oyida Ukraina chorvachilik uyushmasi raisi Irina Paramar boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga tashrif buyuradi.
Ukraina delegasiyasi Qishloq va suv xo`jaligida "Nasl xizmat" zotdor chorvachilik uyushmasi, Toshkent viloyati hokimi va fermerlik xo`jalik rahbarlari bilan uchrashuv o`tkazadi.
Eslatib o`tamiz, 2017 yil sentyabr oyida Xalq banki respublikadagi chorvachilik rivojlanishi ahvoli to`g`risida ma`lumotlarni e`lon qilgandi. O`sha vaqtda O`zbekiston 8,7 milliard so`mlik 8 ta import shartnomalarni imzolagan edi. Hujjatlarga muvofiq, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Chexiyada etishtirilgan 3,5 ming echki xarid qilish rejalashtirilgan.