Beeline 9 may kuni faxriylar uchun aksiyada ishtirok etadi

Hi-tech 08.05.2014, 12:31
Beeline 9 may kuni faxriylar uchun aksiyada ishtirok etadi

Beeline aloqa operatori 9 may – Xotira va Qadrlash kuni www.autocenter.uz sayti tomonidan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari uchun tashkillashtirilgan tabrik aksiyasida ishtirok etadi.

Tadbir doirasida Beeline xodimlari yuzlab faxriylarning uylariga ular polkdosh va yaqinlariga butun dunyo bo`ylab bepul qo`ng`iroqlarni amalga oshirishlari uchun tashrif buyuradilar.

Voqeani sharhlar ekan, MChJ Unitel‘ning Toshkentdagi hududiy filialining direktori Dmitriy Resh shunday dedi: “Kelajagimizni himoya qilgan urush qatnashchilari va front orti mehnatkashlariga minnatdorchilik bildirilayotgan bu bayramona kunlarda ushbu umumiy ishga qo`shilganimizdan juda xursandmiz. “Polkdoshga qo`ng`iroq-2014” aksiyasi ofislar doirasidan chiqmoqda, va 9 may kuni yuzlab faxriylarga dunyoning istalgan nuqtasiga polkdosh do`stlari va yaqinlari bilan bayramona kayfiyat bilan bo`lishish va yangiliklarni bilish uchun uylaridan qo`ng`iroq qilish imkoni beriladi”.

Eslatib o`tamiz, 25 apreldan 10 maygacha Beeline O`zbekistonning 20ta shahrida “Polkdoshga qo`ng`iroq” aksiyasini o`tkazmoqda. Aksiya doirasida kompaniyaning barcha 28ta shaxsiy ofisida uyali so`zlashuv punktlari ochilgan, u erdan urush faxriylari va mehnat fronti faxriylari dunyoning istalgan nuqtasiga bepul qo`ng`iroqlarni amalga oshirishlari mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1