1

Majburiy ijro byurosiga ishga kirish tartibi qanday?

Savol-javob 19.02.2018, 16:17
Majburiy ijro byurosiga ishga kirish tartibi qanday?

Men Majburiy ijro byurosiga ishga kirmoqchiman. Ma`lumotim yuzasidan iqtisodchiman, mazkur tashkilotga ishga kirsam bo`ladimi? Majburiy ijro byurosiga ishga kirish tartibi qanday? Xodimlarga ishga kirishda qanday talablar qo`yilgan?

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o`tash to`g`risidagi nizomga muvofiq Byuroda xizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot va boshqa sohalarda oliy yoki o`rta maxsus ma`lumotli, sog`lig`iga ko`ra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo`lgan, zarur kasb-kor va ma`naviy fazilatlarga ega O`zbekiston fuqarolari qabul qilinadilar.

Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki o`rta maxsus yuridik ma`lumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy ma`lumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki o`rta maxsus ma`lumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi.

Byuroga xizmatga qabul qilishda nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligini o`rganish maqsadida tekshirish hamda maxsus komissiya tomonidan bilim saviyasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan majburiy suhbat o`tkaziladi.

Byuroga xizmatga qabul qilishda zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog`lig`i imkon berishini aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tartibda tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi.

Xodimlarni xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Bosh prokuror, Byuro direktori yoki Byuroning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi.

Muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan, sudlangan, nojo`ya xatti-harakatlar sodir etganligi uchun boshqa davlat organlaridan tashkilotlardan bo`shatilgan shaxslar Byuroga xizmatga qabul qilinmaydi.

✳️To`liq ma`lumot⬇️

http://www.lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=32200...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1