Beeline I chorakda tarmoq rivojiga $21 mln sarmoya kiritdi

Hi-tech 14.05.2014, 13:30
Beeline I chorakda tarmoq rivojiga $21 mln sarmoya kiritdi

Beeline aloqa operatori shu yilning I choragida tarmoq kengayishiga kiritgan sarmoyasi 21 mln AQSh dollarini tashlik etdi. Shu bilan birga mart oyining so`ngida Beeline abonentlarining soni 10 422 000 kishiga etdi.

2014 yilning 14 mart kuni etakchi halqaro telekommunikasion provayderlardan biri VimpelCom Ltd (Beeline savdo belgisi) I chorak bo`yicha moliyaviy va operasion natijalarini e`lon qildi.

O`zbekistonda EBITDA ko`rsatkichi (asosiy vositalarning ishdan chiqishi, aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog`liq bo`lgan nomoddiy aktivlar va zararlarning amortizasiyasini hisoblashgacha bo`lgan operasion foyda) yil davomida 3% o`sdi. Shu bilan birga operasiyalarning marjinalligi 64,4 foizgacha 0,8 foizli punktga pasaydi.

O`zbekistonda Beeline‘ning abonent bazasining soni birinchi chorak yakunlari bo`yicha 10 422 000 kishini tashkil qildi. Shunday qilib, yil davomida abonentlik shartnomalirining o`sish ko`rsatkichi qariyb 120 000 ni tashkil qildi (+1%). Bir oyda bitta mobil aloqasi abonentiga bo`lgan o`rtacha hisob (ARPU ko`rsatkichi) $5 darajasida saqlanib qoldi. MOU ko`rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar ko`rsatkichi) – bir yil avvalgi 425 daqiqaga nisbatan 465 daqiqa.

VimpelCom Ltd‘ning birinchi chorakdagi birlashtirilgan daromadi 5 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. EBITDA ko`rsatkichi 2,1 milliard AQSh dollari darjasida belgilandi, EBITDA birlashtirilgan marjasi esa 41,6% ni tashkil qildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1