1

Ucell SMS-spam haqida ogohlantirdi

Hi-tech 19.05.2014, 13:10
Ucell SMS-spam haqida ogohlantirdi

Ucell abonentlari 17 may kuni quyidagi matnli SMS-xabar olishdi: «Ppivet  Tebe foto: https:// materzoptom. ru/******/******». Xabar abonent manzillar ro`yhatidagi va noma`lum raqamlardan kelgan.

Bu yangi turdagi virus bo`lgani sababli SMS-spam tarqalishining birinchi jarayonida filtrlar to`sig`iga uchramagan. SMS-xabarda ko`rsatilgan manzilga kirganda noma`lum dasturni telefonga o`rnatish taklif etiladi va ba`zi foydalanuvchilar buni bilmasdan o`rnatishadi. Oqibatda ushbu dastur abonent adreslar kitobidagi barcha raqamlarga huddi shunday SMS yuboradi. Oqibatda abonent hisobidan pul ketib qoladi.

Hozircha asosan bu virus Android foydalanuvchilariga ta`sir etgan. Shu sababli noma`lum internet manzillariga kirmaslik va bunday SMS xabarlarni darhol o`chirib yuborish tavsiya etildi!

Hozirda kompaniya ushbu muammoni echish borasida chora-tadbirlar ko`rmoqda, hususan virusli sayt manzili Ucell tizimida bloklangan va abonentlar ushbu xavf haqida SMS orqali ogohlantirilyapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1