1

Beeline zararli spam-saytlarni yopib qo`ydi

Hi-tech 20.05.2014, 14:58
Beeline zararli spam-saytlarni yopib qo`ydi

Beeline aloqa operatori mazmunida manzili o`zgartirilgan zararli havola bo`lgan SMS-spamning yangi tarqatilish hollari haqida ogohlantiradi. Bugun abonentlar quyidagi SMS xabarni olishmoqda: “Privet! Tebe foto: https://strofan.ru/.............../

Spam-hujumning mo`ljali, o`tkan haftadagi kabi, abonentning uyali moslamasiga zararli dasturni o`rnatish va havfli havolani uning aloqa ro`yhatidagi barcha xat oluvchilarga jo`natish. Buning natijasida abonentlar shaxsiy ma`lumotlarini, pul mablag`larini yo`qotishlari, uyali moslamalariga zararli dasturni yuklab olishlari mumkin.

“Yana bir bor eslatib o`tamiz, shunday SMS olingan vaziyatda, uni zudlik bilan o`chirib tashlash, zinhor berilgan havolaga o`tmaslik zarur, – deydi Unitel‘ning axborot texnologiyalari bo`yicha direktori Evgeniy Kogay. – Bizning mutaxassislar zararli saytlarni yopib qo`yish choralarini ko`rdilar, shuning uchun Beeline‘ning uyali Internetidan foydalanuvchilar uchun havf yo`q. Lekin, Wi-Fi tarmoqlari orqali zarar ko`rish ehtimoli bor, shuning uchun ehtiyotkor bo`lish zarur”.

Eslatib o`tamiz, spam-tarqatilishi jarayonida qo`llanilayotgan zararli dastur avvalom bor Android operasion tizimida ishlaydigan moslamalar uchun hafvli.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1