1

Xitoyda Windows 8’dan foyladanish taqiqlandi

Hi-tech 21.05.2014, 11:21
Xitoyda Windows 8’dan  foyladanish taqiqlandi

Xitoyda hukumatning yangi kompyuterlariga Windows 8 operasion tizimini o`rnatish taqiqlandi.

Xitoy hukumati Windows XP kabi Windows 8 OT xavfsizligi yangilanmasdan qolishidan xavotirlanib ushbu qarorga keldi. Shaxsiy kompyuterlar bu qarordan mustasno. Bu haqda Xinhua nashri xabar bermoqda. 

2001 yil sotuvga chiqqan Windows XP ommabop operasion tizim hisoblanadi. Xitoyda 70 foiz kompyuter foydalanuvchilari ushbu operasion tizimdan foydalanadi.  O`tgan oy Microsoft kompaniyasi XP operasion tizimiga xizmat ko`rsatishni rasman to`xtatgan edi. Bu esa xakerlar uchun ushbu operasion tizimda ishlovchi kompyuterlarga yo`l ochib beradi. 

Shuningdek, Xitoy hukumati ularning kompyuterlari xavfsizligi chet el kompaniyalari ko`lida ekanligidan norozi. Yaqin vaqt ichida hukumat kompyuterlari Linux operasion tizimiga o`tkazilishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1