1

Beeline‘ning “Uchinchi avlod-2014” test sinovlari nihoyasiga etdi

Hi-tech 21.05.2014, 13:39
Beeline‘ning “Uchinchi avlod-2014” test sinovlari nihoyasiga etdi

Beeline aloqa operatori “Uchinchi avlod” amaliyotlar dasturi doirasida ikkinchi saralash bosqichi o`tkazilganligi haqida xabar beradi. Talabalar 20 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (TATU) elektron kutubxona zalida test sinovlaridan o`tdilar.

Saralash tanlovida MDIST, Halqaro Vestminster universiteti, Toshkent Irrigasiya va Meliorasiya Instituti, MDU, MTI, O`zMU, Neft va Gaz RDU, TDTU, TATU, Turin Politexnika universiteti, TMI, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetining 77 ta talabasi ishtirok etdi. Test sinovlari on-line rejimida o`tkazilib, o`z ichiga mantiq, axborotni tahlil qilish, shuningdek matematik masalalarni olgan edi. www.test-beeline.com manzilidagi maxsus ishlab chiqarilgan web-resurs yordamida darhol saralash tanlovidan so`ng test sinovlari natijalarini olish mumkin.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Eng yaxshi nomzodlarni saralab olish haqiqatdan ham juda qiyin, lekin mutlaqo ochiq-oydin. Imtihonlarga innovasion yondoshish Beeline‘ning zamonaviy, ochiq, vaqt bilan hamnafas telekom-operator mavqeini yana bir bor tasdiqlaydi. Ishonaman, bu bizga haqiqatdan ham kompaniyamizda amalitot o`tash uchun eng iste`dodli va muvaffaqiyatli talabalarni tanlashga yordam beradi”.

Test sinovlari natijalari bo`yicha yuqori ball to`plagan 16 ta eng yaxshi talaba xodimlarni saralash bo`yicha mutaxassislar hamda bo`lajak rahbarlar bilan suhbatga taklif qilinadi, undan so`ng esa “Uchinchi avlod 2014” dasturining ishtirokchilari aniqlanadi. Eslatib o`tamiz, 2014 yilda Beeline‘da amaliyot o`tash tijorat, texnik va IT-bo`limlarida ochilgan.

Beeline “Uchinchi avlod” dasturini ilk bor besh yil avval O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916-son Qarori bilan tasdiqlangan, O`rta muddatli istiqbolda innovasion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish doirasida ishga tushirgan. Loyihaning maqsadi kompaniyada amaliyot o`tash va istiqbolda ishga qabul qilish, shuningdek alohida murakkab hisoblangan bo`sh ish o`rinlari uchun professional zaxirani shakllantirishdan iborat. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1