1

Beeline Club noyob loyiha ishga tushirdi

Hi-tech 22.05.2014, 13:35
Beeline Club noyob loyiha ishga tushirdi

Beeline aloqa operatori Beeline Club bonusli dasturining barcha ishtirokchilari uchun Be on line noyob loyihasi boshlanishi haqida xabar beradi.

30 maydan boshlab har juma 20:00da O`zbegim Taronasi FM 101 radiosining jonli efirida Samsung Galaxy S3 mini smartfonlari, yil so`ngida esa supersovrinlar – 14ta Samsung Galaxy Note planshetlari o`ynaladi. Haftalik o`yinda ishtirok etish uchun *777# chaqiruv USSD so`rovini terib Beeline Club‘ga a`zo bo`lish zarur. Agar abonent avvaldan dastur ishtirokchisi bo`lsa, o`yingacha bo`lgan o`tkan hafta dushanbadan yakshanbagacha Beeline Club‘ning istagan bonusli paketiga ballarini almashtirishi kifoya. Supersovrinlar – 14ta Samsung Galaxy Note planshetlari – avvalgi haftalik Samsung Galaxy S3 mini va boshqa bonusli sovrinlar o`yinida bir marotaba bo`lsa ham ishtirok etgan, va g`olibni aniqlash vaqtida aktiv bo`lgan barcha abonentlar orasida bo`lib o`tadi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Dmitriy Grigorev shunday dedi: “Beeline Club– millionlab insonlarning ishonchiga ega bo`lgan O`zbekistonda birinchi raqamli bonus dastur. Uning ishiga doimiy ravishda qo`shilayotgan yaxshilanish va innovasiyalar loyihani yanada qiziqarli qilmoqda, o`yin esa klubning barcha ishtirokchilarini qamrab oladi”.

Radiodagi jonli efirda haftalik o`yin vaqtida raqamlari mos tushgan abonentlar qimmatbaho sovg`alarni qo`lga kiritadilar:

•              4ta raqam – sovg`a Beeline Club‘dan 1000 ball

•              5ta raqam – sovg`a 6 oyga 5000 SMS

•              6ta raqam – sovg`a 6 oyga 5000 Mb internet

•              7ta raqam – Samsung Galaxy S3 mini smartfoni

Radiodagi jonli efirda yakuniy o`yin vaqtida raqamlari mos tushgan abonentlar qimmatbaho sovg`alarni qo`lga kiritadilar:

•              4ta raqam – sovg`a Beeline Club‘dan 1000 ball

•              5ta raqam – sovg`a 6 oyga 10000 SMS

•              6ta raqam – sovg`a 6 oyga 10000 Mb internet

•              7ta raqam – Samsung Galaxy Note plansheti

Aksiya 2014 yilning 26 dekabr oyiga qadar amal qiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1