1

Dunyodagi eng qimmat avtomobil brendi aniqlandi

Hi-tech 23.05.2014, 16:40
Dunyodagi eng qimmat avtomobil brendi aniqlandi

Toyota avtomobil dunyosidagi eng qimmat brend deb topildi, Yaponiya brendi Germaniyaning BMW, Mercedes-Benz kompaniyalarini ortda qoldirdi. Bu haqda Automative News portali xabar bermoqda.

Ushbu reyting Britaniyaning Millward Brown Group  tadqiqot tarmog`i tomonidan tuzildi. Analitiklar Toyota brendini 29,6 mlrd AQSh dollariga baholashdi. Bu 2013 yilgi ko`rsatkichdan 21 foizga ko`tarilgan. O`tgan yili ham Toyota birinchi o`rinni egallagan edi.

Ikkinchi o`rinni $25,7 mlrd natija bilan BMW brendi egalladi, uchinchi o`rin – Mercedes-Benz $21,5 mlrd ko`rsatkichi bilan. Bundan tashqari kuchli beshlikka Honda ($14,1 mlrd) va Ford ($11,8 mlrd) markalari kiritildi.

5-o`rindan 10-o`rinni Nissan ($11,1 mlrd), Volkswagen ($8,4 mlrd), Audi ($7,1 mlrd),  Chevrolet ($4,9 mlrd) Hyundai ($4,6 mlrd) kompaniyalari egalladi.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1