1

Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi Shavkat Mirziyoev​ tashabbusi bilan tashkil etildi​

Siyosat 15.03.2018, 14:42
Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi Shavkat Mirziyoev​ tashabbusi bilan tashkil etildi​

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev 15 mart kuni Oqo`rda qarorgohida uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog`iston Prezidenti davlatimiz rahbarini tashrifi bilan qutlab, Prezidentimiz bilan uchrashishni sog`inganini ta`kidladi. – Siz O`zbekistonda juda katta ishlarni amalga oshiryapsiz va bu butun mintaqamizga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Kecha Tojikiston, bugun Qirg`iziston Prezidentlari bilan gaplashdim. Ular ham sizning siyosiy irodangiz va sa`y-harakatlaringiz xalqlarimizni xursand qilayotganini aytishdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bugungi maslahat uchrashuvi ham sizning tashabbusingiz bilan tashkil etildi. Bu hali boshlanishi. Afg`oniston masalasi bo`yicha o`tkazilayotgan konferensiya ham juda muhim, – dedi Nursulton Nazarboev.

Shavkat Mirziyoev O`zbekiston tashabbusini qo`llab-quvvatlagani va Qozog`istonga taklif etgani uchun Nursulton Nazarboevga minnatdorlik bildirdi.

Keyingi bir yarim yil ichida ikki do`st, qardosh xalqlarimiz o`rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi tizimga tushdi. 2017 yilda o`zaro tovar ayirboshlash 2 milliard dollarga etdi. Iqtisodiyotimiz, madaniy-gumanitar aloqalarimiz yanada mustahkamlandi. Eng katta natija – odamlarning kayfiyati, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Uchrashuvda oliy darajadagi muntazam muloqotlar natijasida davlatlararo munosabatlar jadal rivojlanayotgani, avval erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani ta`kidlandi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1