Dunyodagi eng yuqori sifatli televizion efir uzatila boshlandi

Hi-tech 02.06.2014, 15:53
Dunyodagi eng yuqori sifatli televizion efir uzatila boshlandi

Yaponiyada dunyodagi  eng yuqori sifatli 4K formatidagi doimiy televizion efir uzatila boshlandi.

Hozircha ushbu efirni faqatgina markaziy texnika do`konlarida ko`rish mumkin. Sababi ushbu formatdagi signalni qabul qiluvchi TV-tyunerlar hali sotuvga chiqmagan. Ma`lumotlarga ko`ra, ushbu tyunerlar iyun oyi ohirida sotuvga chiqishi kutilmoqda. 

4K formatidagi tasvir uzatilishi hozirgacha eng yuqori sifatli bo`lgan full high definition ko`rinishi ko`rsatchiklarini 4 barobar ortda qoldiradi.  

Yaponiya hukumati 4K formatidagi translasiya qiluvchi va ushbu texnologiyada elektrotexnika ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga yordam bermoqda. Hozircha 4K formatidagi efir 13:00 dan 19:00 gacha namoyish etilmoqda. Bu xaridorlar e`tiborini tortish hamda 4K formatini qabul qila oluvchi televizor va antennalarni ko`paytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. 
Yaponiya hukumati rejasiga ko`ra, 4K formatida to`liq efirga uzatish ishlari 2016 yildan  boshlanishi kerak.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1