1

Undirilgan bug`doy ortiqcha santimetrdan himoyalaydi

SUG'DIYONA 26.03.2018, 16:04
Undirilgan bug`doy ortiqcha santimetrdan himoyalaydi

Ortiqcha vazndan xalos bo`lish orzusida yurgan xonimlar oqsil va kletchatka qanchalar muhim ekanligini yaxshi bilishadi. Shuning uchun aynan bahorgi ozish marafonini boshlashga ahd qilganlar uchun undirilgan bug`doy oltinga teng egulikdir.

Qolaversa, u ich kelishini yaxshilab, qabziyat va qorin dam bo`lishidan asraydi. Undirilgan bug`doyni turli salatlarga qo`shib, tanovul qilish tavsiya etiladi.

Agar bug`doyni uyda undirishga qaror qilgan bo`lsangiz, nishining uzunligi 1 sm.dan oshmasligiga e`tibor qarating. Chunki don o`zidagi bor foydali elemantlarni shu nishga berib yuborishi mumkin.

Undirilgan bug`doyni go`shtqiymalagichdan o`tkazganingizda sharbati ajraladi. Ana shu sharbat oshqozon xastaliklari, qandli diabet hamda soch to`kilishiga davo hisoblanadi.

Go`zalligimiz uchun: undirilgan bug`doy sharbatidan tonik sifatida foydalanish terini taranglashtirib, rangini tiniqlashtiradi. Bejizga uni yoshlik va go`zallik eliksiri deb atashmaydi-da.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1