Senat o`n to`rtinchi yalpi majlisi muhokamasiga kiritilgan «O`zbekiston Respublikasi, Qozog`iston Respublikasi va Turkmaniston o`rtasida uch davlatning Davlat chegaralari tutashgan nuqtasi hududi to`g`risidagi shartnomani (Samarqand, 2017 yil 10 noyabr) ratifikasiya qilish haqida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni ma`qullandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Shuningdek, «O`zbekiston Respublikasi bilan Afg`oniston Islom Respublikasi o`rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo`yicha o`zaro huquqiy yordam to`g`risidagi shartnomani (Toshkent, 2017 yil 5 dekabr) ratifikasiya qilish haqida», «Umumjahon pochta ittifoqining Ustiviga to`qqizinchi qo`shimcha bayonnomani (Istambul, 2016 yil 6 oktyabr) ratifikasiya qilish to`g`risida», «Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha Islom tashkiloti Ustavini (Boku, 2015 yil 26 noyabr) ratifikasiya qilish to`g`risida», «Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish Konvensiyasini (Ostona, 2017 yil 9 iyun) ratifikasiya qilish haqida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari ham senatorlar tomonidan ma`qullandi.
29.03.2018 17:23
Senatda qator xalqaro hujjatlar ratifikasiya qilindi






