1

Qishloqlarni obod qilish davom etadi

Siyosat 30.03.2018, 09:40
Qishloqlarni obod qilish davom etadi

“Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (29.03.2018y. PQ-3630-son) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar qildi.

Qarorga ko`ra:

- “Obod qishloq” dasturi doirasida tumanlar markazlaridan qishloqlargacha bo`lgan yo`llar, qishloqlarning markaziy ko`chalari va asfalt bilan qoplangan yo`llar ta`mirlanadi, qishloqlarning asfalt qoplamasiz ichki yo`llariga qum-shag`al qorishma yotqiziladi va piyodalar yo`laklariga beton qoplama yotqiziladi;

- “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida mavjud ko`p xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini (fasad, pod`ezd, zina maydonlari, tom, erto`la, trotuar, bolalar maydonchalari) ta`mirlash, maishiy infratuzilma ob`ektlarini (tashqi sanitariya tarmoqlari, tandirxona) joylashtirish hamda atrof-hududini tartibga keltirish bo`yicha namunaviy talablarni (eskiz loyihasini) ishlab chiqib, ishlarni shu asosda amalga oshirish ta`minlanadi;

- har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun alohida loyiha tashkilotlari biriktirilib, ular tomonidan ko`p xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, tashqi qiyofasini tartibga keltirish, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini ta`mirlash, maishiy infratuzilma ob`ektlarini joylashtirish hamda atrof hududini obodonlashtirish bo`yicha loyihalar ishlab chiqilishini ta`minlanadi;

- Davlat ekologiya qo`mitasi hududiy “Toza hudud” DUKlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida chiqindi yig`ish punktlarini barpo etib, tizimli ravishda chiqindilarni yig`ish, olib ketish va utilizasiya qilish ishlarini tashkil qiladi.

Shuningdek, mazkur Qaror bilan:

- “Obod qishloq” dasturining 2018 yil uchun mo`ljallangan maqsadli parametrlari hamda dastur doirasida 2018 yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy ko`rsatkichlari;

- “Obod qishloq” dasturi doirasida 2018 yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining moliyaviy ko`rsatkichlari;

- “Obod qishloq” dasturi doirasida ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz va elektr energiyasini aholi uchun belgilangan narxlarda etkazib berish prefernsiyalari tatbiq etiladigan asosiy turdagi qurilish materiallari ro`yxati tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1