1

Shavkat Mirziyoev meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir farmonni imzoladi

Siyosat 30.03.2018, 09:56
 Shavkat Mirziyoev meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir farmonni imzoladi

Chetdan olib kirilayotgan urug`lar, ko`chatlar va payvandtaglar, mineral o`g`itlar, o`simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar bojxona to`lovlaridan ozod etildi.

O`zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Farmon bilan endilikda "urug`-ko`chat-mahsulot etishtirish-tayyorlash-saqlash-qayta ishlash-transportirovka qilish-bozorga etkazish" tamoyili bo`yicha uzluksiz zanjirni shakllantirishni ko`zda tutuvchi meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster usuli joriy etiladi.

Shu maqsadda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlariga tegishli tartibda chigitdan bo`shagan erlarda qishloq xo`jaligi ekinlarini ekishda meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va sotish, jumladan eksport qilishni tashkil qilish, zamonaviy resurs va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o`rinlari yaratish vazifalarini o`z zimmasiga oladigan xo`jalik yurituvchi sub`ektlariga (o`zaro bog`liq korxonalar guruhiga) birinchi navbatda erdan uzoq muddatli ijara shartlarida foydalanish huquqini taqdim etish vazifasi yuklandi.

2021 yil 1 yanvarga qadar:

- ko`chatxonalar va issiqxonalarda urug`, ko`chat va payvandtag etishtiruvchi va ularni qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga etkazib beruvchi xo`jalik yurituvchi sub`ektlari barcha turdagi soliq va yig`imlar to`lashdan;

- chetdan olib kirilayotgan urug`lar, ko`chatlar va payvandtaglar, mineral o`g`itlar, o`simliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari ilovaga muvofiq bojxona to`lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`im bundan mustasno);

- import bo`yicha olib kirilayotgan, meva-sabzavot mahsulotlarini tashishga ixtisoslashgan transport vositalari (TIF TN kodlari – 870120, 870421, 870422, 871639) bojxona to`lovlari va Respublika yo`l jamg`armasiga yig`imlar to`lashdan ozod etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1