1

Shavkat Mirziyoev: Milisiya bilan mahalla birga ishlasa, jinoyat bo`lmaydi

Siyosat 30.03.2018, 14:09
Shavkat Mirziyoev: Milisiya bilan mahalla birga ishlasa, jinoyat bo`lmaydi

Shavkat Mirziyoev Jizzax shahridagi 2-ichki ishlar bo`linmasini borib ko`rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Zamonaviy bo`linma binosida milisiya xodimlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Shahardagi hamma uchastka nozirlari uy-joy, engil avtomashina bilan ta`minlangan. Bunday e`tibor xodimlarning dunyoqarashini o`zgartirib, burchiga sadoqatini mustahkamlamoqda.

Huquq-tartibot idoralari odamlarning osoyishtaligini, jinoyat bo`lmasligini kafolatlashi kerak. Buning uchun yurish, har bir holatdan xabardor bo`lish zarur. Milisiya mahalla bilan birga ishlasa, jinoyatchilik bo`lmaydi, dedi Prezidentimiz.

Shahar va fuqarolar xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan innovasion tizimlar, milisiya xodimlari o`rtasidagi mobil aloqa dasturi bilan tanishdi.

Jamoat xavfsizligini ta`minlash, jinoyatchilikning oldini olish, yo`l-transport tizimini tartibga solish, bu borada Jizzaxda ham Toshkent shahri tajribasini joriy etish bo`yicha ko`rsatmalar berildi. Profilaktika inspektorlarini axborot texnologiyalariga o`qitish, bu bo`yicha ilmiy-amaliy qo`llanma yaratish zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari mazkur bo`linmada «Zargarlik» mahalla fuqarolar yig`ini raisi va profilaktika inspektori bilan suhbatlashdi. Jamoat joylariga, birinchi navbatda, bolalar bog`chalari va maktablarga kuzatuv kameralari o`rnatish bo`yicha topshiriq berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1