1

Shavkat Mirziyoev: Rahbarlar hayotni o`rganishi, oyog`i erdan uzilmay xalqqa xizmat qilishi kerak

Siyosat 30.03.2018, 14:56
Shavkat Mirziyoev: Rahbarlar hayotni o`rganishi, oyog`i erdan uzilmay xalqqa xizmat qilishi kerak

Prezident Shavkat Mirziyoev Jizzax shahri Zargarlik mahallasida aholi bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Hamma joyda o`zim yurganimning sababi – boshqa rahbarlar ham pastda yurishi, hayotni o`rganishi, oyog`i erdan uzilmay, xalqqa xizmat qilishi uchun. Jizzaxga ham viloyatni rivojlantirish, odamlarga har tomonlama sharoit yaratish bo`yicha ko`pdan-ko`p rejalar bilan keldik, dedi davlatimiz rahbari.

Barcha tumanlarda foydalanilmagan imkoniyatlarni ishga solish, Forish tumanida suv ombori qurish orqali qishloq xo`jaligini rivojlantirish, lalmi hududlarni uzumchilikka ixtisoslashtirish, “Obod qishloq” dasturi asosida qishloqlardagi ahvolni yaxshilash, tomorqalardan foydalanishni kengaytirish masalalari haqida so`z yuritildi.

Ko`ryapsizlar, ko`p tizimlarni o`zgartiryapmiz, odamlarga oson bo`lishi uchun hamma choralarni ko`ryapmiz, dedi Shavkat Mirziyoev. Odamlar ham o`zi uchun harakat qilishi, davlat yaratayotgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1