AsosiySiyosat

Prezident Jizzaxda qurilish materiallari korxonalarini ko`paytirish bo`yicha topshiriq berdi

'Prezident Jizzaxda qurilish materiallari korxonalarini ko`paytirish bo`yicha topshiriq berdi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev Jizzax shahri Mustaqillik ko`chasida bunyod etilayotgan ko`p qavatli uylar qurilishini ko`zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu erda 10 ta 7 qavatli uy barpo etilmoqda. Joriy yil Mustaqillik bayrami kunlari ularning foydalanishga topshirilishi natijasida 420 ta oila yangi uyli bo`ladi.

Birgina bu emas. Hali oldinda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari talaygina. Sharof Rashidov tumani Uchtepa shaharchasida ko`p qavatli, “Toqchilik” qishloq fuqarolar yig`inida arzon uy-joylar qurish, Islom Karimov ko`chasi bo`yicha zamonaviy infratuzilma ob`ektlari barpo etish, Toshkent va Alisher Navoiy ko`chalari kesishgan hudud qiyofasini o`zgartirish, ichimlik suvi ta`minotini yaxshilash va boshqa loyihalar rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari bu ishlarga zarur qurilish materiallarini viloyatning o`zida ishlab chiqarish, bu boradagi tajriba va texnologiyaga ega zavodlarni jalb etib, shunday korxonalar tashkil qilish bo`yicha topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar