AsosiySiyosat

Prezident tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilish borasidagi takliflarga alohida e`tibor qaratdi

'Prezident tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilish borasidagi takliflarga alohida e`tibor qaratdi 'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Do`stlik tumanidagi Manas qishlog`iga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Manas” qishloq fuqarolar yig`inida Jizzax viloyatida qishloq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o`tkazildi.

Davlatimiz rahbari terini qayta ishlash, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat klasteri barpo etish, tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilish borasidagi takliflarga alohida e`tibor qaratdi.

Aholining tomorqa xo`jaliklaridan samarali foydalanishiga ko`maklashish, fermer va dehqon xo`jaliklariga buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha konsalting xizmati ko`rsatish, moliyalashtirish bazasini kengaytirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

    Boshqa yangiliklar