1

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining sessiyasi bo`lib o`tmoqda

Siyosat 30.03.2018, 20:00
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining sessiyasi bo`lib o`tmoqda

“Manas” qishlog`idagi madaniyat saroyida 30 mart kuni xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so`zladi.

Viloyatda yangi sanoat korxonalari tashkil etish, qishloq xo`jaligida islohotlarni davom ettirish bo`yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Paxta maydonini qisqartirish evaziga meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, mahsulotni saqlash va qayta ishlashga mo`ljallangan korxonalar tashkil etish, lalmi erlarga eksportbop ekinlar ekish, tog`oldi

hududlarda dorivor o`simliklar etishtirish, chorvachilikni rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tavsiyasiga binoan Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Ergash Soliev Jizzax viloyati hokimi etib saylandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1