1

Twitter JChga atab “xeshbayroqlar” funksiyasini ishga tushirdi

Hi-tech 12.06.2014, 15:32
Twitter JChga atab “xeshbayroqlar” funksiyasini ishga tushirdi

Braziliyada boshlanadigan jahon chempionatiga atab Twitter mikrobloglar tarmog`i “xeshbayroqlar” qo`shish imkonini yaratdi.

Foydalanuvchilar mamlakatni anglatuvchi uch harfli  so`z (#BRA Braziliya uchun, #ESP Ispaniya uchun, #FRA Fransiya uchun)  yordamida milliy bayroqni xabarga kiritish mumkin. Ushbu funksiya futbol muxlislariga jamoalarining natijalaridan xabardor bo`lishga qulaylik yaratadi. 

“Xesh bayroqlar” 2010 yilda JARda bo`lib o`tgan jahon chempionati vaqtida ham joriy qilingan edi. Ammo, Twitter musobaqa yakunlangach yana ushbu funksiyani faoliyatini to`xtatgan edi. “Xeshbayroqlar” funksiyasi qaytganligi haqida birinchi bo`lib xonanda Shakira e`lon qildi. 

JCh-2014 voqealari bilan #WorldCup va #WorldCup2014 xeshteglari yordamida kuzatib borish mumkin.   

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1