1

Shavkat Mirziyoev: Harbiy qismlar iftixor, g`urur, kuch, bilim maskani bo`lishi kerak (foto)

Siyosat 31.03.2018, 15:04
Shavkat Mirziyoev: Harbiy qismlar iftixor, g`urur, kuch, bilim maskani bo`lishi kerak (foto)

Davlatimiz rahbari Jizzax viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni “Forish” tog`-dala poligonini borib ko`rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati .

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni harbiy xizmatchilarning yashashi, jangovar o`quv mashg`ulotlari o`tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Panoramali elektron o`q otish trenajyori, askarlar yotoqxonasi, mashq va saf maydonchalarini ko`zdan kechirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev bu erni namunaviy poligonga aylantirish, yangi konsepsiya ishlab chiqib, mamlakatimizdagi barcha harbiy poligonlarni modernizasiya qilish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Poligonlar harbiy xizmatchilarning amaliy ko`nikmalarini oshirish bilan birga g`oyaga xizmat qilishi zarur. Bu er iftixor, g`urur, kuch, bilim maskani bo`lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.

“Forish” poligoni maydoni tekislik, murakkab tog` va qoyalardan iborat. Bu erda o`tkazilayotgan tayyorgarlik mashg`ulotlari batalon taktik guruhlarning tog` va cho`l hududlarida, favqulodda o`zgaruvchan vaziyatlarda, har qanday ob-havo sharoitida topshiriqlarni to`la bajarishga o`rgatadi. Jangovar harakatlarni tashkillashtirish va taktik harakatlanish ko`nikmalarini hosil qiladi.

Prezidentimiz tashrifi chog`ida 25 xil o`quv-mashg`ulot mashqlari namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoev mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan harbiy anjomlar va askarlarning safar taomlarini ham ko`zdan kechirdi.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1