1

Prezident Zafarobod tumanidagi suv omborining qurilish jarayoni bilan tanishdi

Siyosat 31.03.2018, 15:36
Prezident Zafarobod tumanidagi suv omborining qurilish jarayoni bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Zafarobod tumanidagi suv omborining qurilish jarayoni bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu suv inshooti Jizzax viloyatida foydalanilmay turgan 20 ming gektar erni suv bilan ta`minlash, ekin maydonlarini kengaytirish imkonini beradi. Shu atrofdagi tumanlarda hech narsa ekilmagan, kuchli er ko`p. Ularga eksportbop va sanoatbop ekinlar ekib, yuqori daromad olish mumkin.

Biz bu hududda lavlagi etishtirish, uni qayta ishlab, shakar chiqaradigan zavod qurishni rejalashtirganmiz. Bu mamlakatimizning shakar mustaqilligini ta`minlash uchun juda zarur. Qayta ishlangan mahsulotni ozuqa sifatida ishlatib, chorvachilikni ham rivojlantiramiz, dedi Shavkat Mirziyoev.

Shu erda 2018-2019 yillarda Jizzax viloyatida irrigasiya-meliorasiya Davlat dasturi asosida amalga oshiriladigan ishlar, gidroinshootlar loyihalari yuzasidan axborot berildi. “O`zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Zomin va Zafarobod tumanlarida mikroGESlarni qurish va modernizasiya qilish investisiya loyihalari taqdimoti o`tkazildi.

Davlatimiz rahbari ushbu qurilish va modernizasiya ishlarini sifatli bajarish, buning uchun moliyaviy va tashkiliy ko`mak ko`rsatish bo`yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning Jizzax viloyatiga tashrifi nihoyasiga etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1