Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o`zining yangi Galaxy Tab S planshetini taqdim etdi, bu haqda “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Taqdimot marosimi Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden kompleksida bo`lib o`tdi. Kompaniya tomonidan planshentning ikki modelini taqdim etildi. Qurilmalar 8,4 va 10,5 dyumli ekranga ega bo`lib, og`irligi 294 gr va 465 gr, har ikki apparatning qalinligi 6,6 mm.ga teng. Samsung kompaniyasi vakillarining aytishicha, ushbu planshet ekranlari ranglarni yuqori sifatda namoyish etadi va shunga qaramay kam miqdorda elektr energiya sarflanadi.

Galaxy Tab S sakkiz yadroli Exynos 5 Octa prosessori ega bo`lib, Android 4.4 KitKat operasion tizimida ishlaydi. Planshetning operativ xotirasi 3 Gb, doimiy xotirasi esa 16/32 Gb, asosiy kamera - 8 megapiksel, old kamera - 2,1 megapiksel, bundan microSD flesh xotirasini ham o`rnatish mumkin.Ma`lumotlarga ko`ra, planshetning akkumlyatori 11 soat davomida video ko`rishga etadi.

AQShda ushbu planshetlar iyul oyida sotuvga chiqadi. 8,4 dyumli planshet narxi 399 AQSh dollari, 10,5 dyumli planshet bahosi esa 499 AQSh dollariga teng.






