1

Senatorlar tomonidan ma`qullangan uchta qonunga Prezident imzo chekdi

Siyosat 03.04.2018, 22:46
Senatorlar tomonidan ma`qullangan uchta qonunga Prezident imzo chekdi

Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n to`rtinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma`qullangan qonunlardan uchtasiga 2018 yil 2 aprelda imzo chekdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasining «O`zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to`g`risi»da qonun shulardan biridir.

Mazkur qonunga ko`ra, 18 aprel – O`zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilandi.

Prezident imzolagan navbatdagi qonun O`zbekiston Respublikasining «O`zbekiston Respublikasi, Qozog`iston Respublikasi va Turkmaniston o`rtasida uch davlatning Davlat chegaralari tutashgan nuqtasi hududi to`g`risidagi Shartnomani (Samarqand, 2017 yil 10 noyabr) ratifikasiya qilish haqida»dir. Ushbu qonun bilan mazkur Shartnoma ratifikasiya qilindi.

Shuningdek, «O`zbekiston Respublikasi bilan Afg`oniston Islom Respublikasi o`rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo`yicha o`zaro huquqiy yordam to`g`risidagi Shartnomani (Toshkent, 2017 yil 5 dekabr) ratifikasiya qilish haqida»gi O`zbekiston Respublikasining qonuniga binoan qonun nomida aks etgan Shartnoma ratifikasiya qilindi.

Bugun matbuotda e`lon qilingan mazkur qonunlar kuchga kirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1