1

Internetda iPhone 6 suratlari tarqaldi (FOTO)

Hi-tech 14.06.2014, 12:49
Internetda iPhone 6 suratlari tarqaldi (FOTO)

Tayvanlik aktyor va xonanda Jimmi Lin Wiebo ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida iPhone 6 smartfoni suratini joyladi. Bu haqda 3dnews.ru sayti xabar bermoqda. 

O`tgan yili Jimmi Lin hali taqdim etilmagan iPhone 5s smartfoni suratini taqdim etgan edi. Shu sababli u chop etgan surat boshqa anonim manbalarning xabarlaridan  ko`ra ishonchliroq.  

Suratda iPhone 6 iPhone 5 bilan yonma-yon ko`rsatilgan.  Lin yangi smartfon 4,7 dyumli ekranga ega ekanligini tasdiqladi. Nashrning yozishicha, iPhone 6 ko`rinishi ko`proq iPad plashetlariga o`xshaydi. Shuningdek, smartfon korpusining tepa va pastki qismida oq rangdagi plastik chiziqlar o`tganligi namoyon bo`ldi. Ular signalni yaxshi ushlanishi uchun qilinganligi aytilmoqda. 

Xabarda qayd etilishicha, aktyor tomonidan taqdim etilgan suratlar shunchaki smartfonning prototipi bo`lishi ham mumkin.  iPhone 6 ning so`nggi ko`rinishi shunday bo`lishi to`g`risida gapirishga hali erta.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1