1

O`zbekiston delegasiyasi Xitoyga tashrif buyurdi

Siyosat 04.04.2018, 15:47
O`zbekiston delegasiyasi Xitoyga tashrif buyurdi

Shu kunlarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va «Huawei» kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari bo`yicha ofisi hamkorligida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi vakillarining XXRga amaliy tashrifi bo`lib o`tmoqda, deya xabar bermoqda O`zA.

Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini tashkil etish bo`yicha “Aqlli shahar”, “Aqlli mahalla”, “Aqlli tibbiyot” hamda “Aqlli hokimiyat” tizimlarini joriy etish nazarda tutilgan. Shuningdek, qishloq xo`jaligi sohasida ilg`or innovasion texnologiyalardan unumli foydalanish kabi vazifalar belgilangan.

photo_2018-04-03_10-33-38.jpg

Shu munosabat bilan O`zbekiston delegasiyasi Shanxay va Shenchjen shaharlarida bo`lib, u erda muvaffaqiyatli joriy etilgan innovasion texnologiyalar bilan tanishdi. Tashrif doirasida xavfsizlik, shaharsozlik va hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalari, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, sanoat va qishloq xo`jaligi sohalari bo`yicha amaliy uchrashuvlar o`tkazildi.

O`zbekiston delegasiyasi a`zolari Shenchjen shahrida “Xavfsiz shahar” loyihasi asosida yo`lga qo`yilgan polisiya ko`mondonlik markazlarining ish faoliyatini yaqindan o`rgandi. Bundan tashqari, «Huawei» kompaniyasi laboratoriyalarida ham bo`lib, “Aqlli shahar” konsepsiyasi asosida shaharsozlik va obodonlashtirish, uy-joy xo`jaligi sohalarida tatbiq etilgan innovasion echimlar va texnologiyalar bilan tanishdi.

photo_2018-04-03_10-53-02.jpg

Tashrif yakuniga ko`ra, Shenchjen shahrida «Huawei» kompaniyasining yuqori martabali rahbariyati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o`rtasida O`zbekistonda axborot-kommunikasiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolanadi.

Eslatib o`tamiz, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va «Huawei» kompaniyasi o`rtasida yo`lga qo`yilgan hamkorlik doirasida 2018 yilda turli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida shu kabi qator amaliy tashriflar uyushtiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1