1

Prezident O`simlik moddalari kimyosi institutini rivojlantirish bo`yicha topshiriqlar berdi

Siyosat 06.04.2018, 11:31
Prezident O`simlik moddalari kimyosi institutini rivojlantirish bo`yicha topshiriqlar berdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 6 aprel kuni O`zbekiston Fanlar akademiyasining akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O`simlik moddalari kimyosi institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu erda tajriba-ishlab chiqarish jarayoni xalqaro GMP standartiga muvofiq modernizasiya qilinmoqda. Buning natijasida yiliga 500 tonnadan ziyod o`simlik xomashyosini chuqur qayta ishlash imkoniyati yaratiladi. Joriy yildan 30 dan ortiq tabiiy toza, import o`rnini bosuvchi va eksportbop dori vositalari ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi.

Davlatimiz rahbari dastlab mazkur korxona bilan tanishdi. Olimlarimiz tomonidan tayyorlangan o`simlik moddalarini ko`zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoev dori substansiyalari farmasevtika sanoatining asosiy omili ekanini, buning uchun o`simliklarni chuqur qayta ishlash, jahon ilmiy yutuqlarini o`rganib, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo`yicha muntazam izlanish zarurligini ta`kidladi. O`simlik moddalari kimyosi institutini rivojlantirishga doir alohida qaror tayyorlash bo`yicha topshiriq berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1