1

Xorijiy investisiyalarning muayyan foizi ilmga va ilmiy kadrlar tayyorlashga yo`naltiriladi

Siyosat 06.04.2018, 12:20
Xorijiy investisiyalarning muayyan foizi ilmga va ilmiy kadrlar tayyorlashga yo`naltiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoev O`simlik moddalari kimyosi institutida oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Ertangi kunini tasavvur qilgan, raqobatbardosh bo`laman degan davlat albatta ilmga e`tibor berishi kerak. Sizlarning tilingizda aytganda, biz ham mamlakatimizni progressiv va innovasion rivojlantirishimiz zarur. Buning uchun olimlar, tadqiqotchilar Vatanga xizmat qilishi, ilmiy-texnologik ishlanmalarini barcha sohalarda, ayniqsa, viloyatlarda joriy etishi kerak” dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizga kelayotgan har bir xorijiy investisiyaning muayyan foizi ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy kadrlar tayyorlashga yo`naltiriladigan tizim qilish bo`yicha topshiriq berdi.

Olimlar davlatimiz rahbarining kecha qabul qilingan “Respublika oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to`lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ularga katta xursandchilik, moddiy va ma`naviy rag`bat bag`ishlaganini alohida qayd etdilar. Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish bo`yicha o`z takliflarini bildirdilar.

Prezidentimiz ilm-fan vakillarining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga ham alohida e`tibor qaratdi. Jumladan, ularni uy-joy bilan ta`minlash bo`yicha ko`rsatma berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1