1

​Shavkat Mirziyoev harbiylar uchun qurilayotgan zamonaviy uylarni borib ko`rdi

Siyosat 06.04.2018, 16:20
​Shavkat Mirziyoev harbiylar uchun qurilayotgan zamonaviy uylarni borib ko`rdi

Shavkat Mirziyoev Yashnobod tumani “Olmos” mahalla fuqarolar yig`inida qurilgan yangi uylarni borib ko`rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 – 2020 yillarda shaharlarda arzon ko`p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq bu erda 48 ta besh qavatli uy bunyod etilmoqda.

1 ming 440 xonadondan iborat ushbu turar joylar Vatan himoyachilariga topshiriladi. O`ziga xos harbiy shaharcha bo`ladigan ushbu mavzeda bolalar bog`chasi, maktab, poliklinika va boshqa ijtimoiy ob`ektlar barpo etiladi.

Davlatimiz rahbari hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, uylarda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bunday uylarning qurilishi mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Vatan himoyachilarini qo`llab-quvvatlash borasidagi ishlarning uzviy davomi ekanini ta`kidladi.

Shavkat Mirziyoev shu erda huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari bilan muloqot qildi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1