1

To`rtta qonunga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda

Siyosat 11.04.2018, 12:19
To`rtta qonunga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo`mitalarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator dolzarb qonun loyihalari quyi palataning navbatdagi majlisi muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda. Bu haqda "Xalq so`zi" yozmoqda.

Xususan, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo`mitasida Adliya vazirligi tomonidan Prezidentimizning “Aholiga davlat xizmatlari ko`rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni hamda “O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash yuzasidan ishlab chiqilgan “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasini birinchi o`qishga kiritishga hozirlik ko`rilayapti.

Qo`mita ishchi guruhi yig`ilishida mazkur qonun loyihasi yuzasidan so`zga chiquvchi mas`ul deputat belgilab olindi hamda uning muhokamasiga jalb etiladigan mutaxassis va ekspertlar guruhi shakllantirildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining “O`zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to`g`risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan yana bir qonun loyihasini ham Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish mo`ljallanmoqda.

Ushbu hujjat bilan to`rtta Qonunga, jumladan, “Investisiya faoliyati to`g`risida”gi, O`zbekiston Respublikasining Soliq, Byudjet hamda Bojxona kodekslariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bundan ko`zlangan maqsad rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish hamda moliyalashtirishning yangi tartibiga amaldagi qonun hujjatlarining muvofiqlashtirilishini ta`minlashdir.

Qo`mita ushbu qonun loyihasini quyi palatada ko`rib chiqishda ishtirok etish uchun ekspertlar guruhini shakllantirib oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1