1

Facebook global nosozlikka uchradi

Hi-tech 19.06.2014, 14:33
Facebook global nosozlikka uchradi

Facebook ijtimoiy tarmog`i 35 daqiqa davomida ko`plab mamlakatlarda ishlamadi.  

Jahondagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri bo`lgan Facebook sayti Toshkent vaqti bilan 12:50 dan 13:25 davomida ishdan chiqdi. 

Saytga kirish sahifasida foydalanuvchilarga “Kechirasiz, nosozlik yuzaga keldi. Nosozlikni sozlash ustida ish olib bormoqdamiz”, - deyilgan xabar qoldirilgan. 

Sayt O`zbekiston, Rossiya, AQSh, Ukraina, Belorussiya va boshqa mamlakatlar hududida ishlamay qoldi.  Hozirda tarmoq faoliyati tiklandi. Ammo, qisqa muddatli nosozlik sabablari hozircha noma`lum.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1