1

O`zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining telefon orqali muloqot qildi

Siyosat 13.04.2018, 10:52
O`zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining telefon orqali muloqot qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Ilhom Alievni kuni kecha bo`lib o`tgan Ozarbayjon Prezidenti saylovida ishonchli g`alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.

Saylov natijalari qardosh ozarbayjon xalqi Ilhom Alievni keng qo`llab-quvvatlashi va unga ulkan ishonch bildirishini, davlat rahbarining shaxsiy xizmatlari hamda mamlakatda barqarorlikni, izchil iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlash, xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan samarali siyosatni yuksak baholashini yana bir bor namoyon etgani alohida ta`kidlandi.

Ko`p asrlik do`stlik va strategik sheriklikka asoslangan O`zbekiston va Ozarbayjon munosabatlari izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. Xalqlarimizning tarixi, madaniyati va dini umumiy, ma`naviy qadriyatlari, an`ana va urf-odatlari mushtarak.

Turli darajadagi faol muloqotlar ikki tomonlama o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirib, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani qayd etildi.

O`zaro savdo hajmi barqaror yuksak sur`atlar bilan o`smoqda, ikki mamlakat etakchi kompaniyalari ishtirokida iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, neft-gaz majmuida istiqbolli kooperasiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Yangi «Boku – Tbilisi – Axalkalaki – Kars» temir yo`l magistrali, shubhasiz, butun mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tranzit salohiyatini ro`yobga chiqarishga xizmat qilishi alohida ta`kidlandi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etmoqda, qo`shma tadbirlar muntazam o`tkazilmoqda.

Davlatlar rahbarlari, shuningdek, O`zbekiston – Ozarbayjon ko`p qirrali hamkorligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Muloqot yakunida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievni mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etdi.

Ozarbayjon Prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar uchun chuqur minnatdorlik bildirib, O`zbekistonga tashrif bilan kelish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1