1

Shavkat Mirziyoev yo`llarni sifatli qurish bo`yicha ko`rsatmalar berdi

Siyosat 13.04.2018, 14:34
Shavkat Mirziyoev yo`llarni sifatli qurish bo`yicha ko`rsatmalar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Guliston shahrining Toshkent ko`chasida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Ushbu ko`cha zamonaviy talablar asosida qayta qurilib, qatnovlar o`rtasida xavfsizlik to`siqlari, energiyatejamkor yoritgichlar o`rnatilgan. Ikki yonda yashil hudud barpo etilib, gullar va manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar va velosipedlar uchun yo`laklar tashkil qilingan.

Prezident qurilish sifati va transportlar harakatiga qulayliklarni oshirish yuzasidan ko`rsatmalar berdi. “Yo`l qurilishiga shuncha pul ajratayapmiz. Lekin yo`llarimizning sifati yo`q, desak adolatdan bo`ladi. Bu sohada qurilish hajmi, yo`l uzunligi ortidan quvmay, avvalo sifatga e`tibor berish kerak. Bir kilometr bo`lsayam, sifatli quringlar.

O`nlab yillar xalqimizga xizmat qilsin, odamlar rozi bo`lsin” dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari yo`l qurilishi va ekspluatasiyasida ishlatiladigan zamonaviy texnikalarni ham ko`zdan kechirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1