AsosiyIqtisodiyot

Xitoyda Samarqand tadbirkorlari uchun savdo maydonchasi bepul ajratiladi

'Xitoyda Samarqand tadbirkorlari uchun savdo maydonchasi bepul ajratiladi'ning rasmi

Samarqand viloyati hokimi T.Jo`raev boshchiligidagi delegasiyaning Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasiga tashrifi davomida osmonosti mamlakat tadbirkorlari bilan 23,6 million dollarlik to`g`ridan-to`g`ri investisiya jalb qilish hisobiga 3 ta loyihani amalga oshirish bo`yicha kelishuvlar imzolandi. Bu haqda "Zarafshon" nashri ma`lum qildi.

Taqdimot yakunida Samarqanddan tashrif buyurgan 26 nafar tadbirkor va yirik sanoat korxonalari Shensi provinsiyasidagi kompaniyalar bilan o`zaro hamkorlik bo`yicha muzokara olib bordi.

Sian shahri vise-meri samarqandlik tadbirkorlar uchun Sian quruqlik portidan alohida savdo maydonchasi ajratilishi va ushbu savdo maydonchasi uchun hech qanday to`lov undirilmasligini ta`kidlagan.

    Boshqa yangiliklar