1

O`zbekiston qishloq xo`jaligi mahsulotlariga Rossiyada talab ortmoqda

Iqtisodiyot 19.04.2018, 10:04
O`zbekiston qishloq xo`jaligi mahsulotlariga Rossiyada talab ortmoqda

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirish eng muhim vazifalardan biri etib belgilangan edi.

Bu vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining eksport va investisiyalarni kengaytirish masalalari bo`yicha loyihasi, O`zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo`llab-quvvatlash markazi, Sankt-Peterburg shahri ma`muriyatining tashqi aloqalar qo`mitasi tashabbusi bilan “O`zbekiston va Rossiya: hududlarning o`zaro hamkorligi istiqbollari” mavzuida onlayn anjuman tashkil etildi, deb xabar bermoqda O`zA.

Tadbirda mahalliy Kengash deputatlik guruhi a`zolarining ishtirok etishi tadbirkorlarning eksportga yo`naltirilgan faoliyatini faollashtirishdagi mavjud muammolarni o`z vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi.

Ta`kidlanishicha, O`zbekiston va Rossiyaning savdo-iqtisodiy va investision hamkorligini kengaytirish hamda mustahkamlashga ko`maklashishga qaratilgan ushbu tadbirga Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko katta qiziqish bildirgan.

Rossiyalik ishtirokchilarning fikriga ko`ra, bunday uchrashuvlar o`zbekistonlik tadbirkorlar bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqalar va hamkorlikni o`rnatish hamda rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va logistika, O`zbekistonda etishtiriladigan sifatli va tabiiy mahsulotlarni rossiyalik iste`molchilar dasturxoniga etkazish sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish uchun o`ziga xos yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Anjuman do`stona va ishchan ruhda o`tdi. O`zbekistonlik meva-sabzavot hamda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari, xususan, «O`zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi «O`zsharobsanoat» aksiyadorlik jamiyati vakillari Rossiya bozorlariga sifatli mahsulotlarni etkazib berish imkoniyatini namoyish etdi. Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya bozoriga “yashil yo`lak” tizimi orqali etkazishni kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, savdo-iqtisodiy va investision hamkorlikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish masalalari bo`yicha fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1